2 февраля, 2026
Kuni kecha Parkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyatini targ‘ib etish ishlarini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Javlon Yusupov hamda 58 ta umumta’lim maktablarining  rahbariyati ishtirok etdi. Yig‘ilishda ayni masala yuzasidan Parkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Nabijon Yunusov o‘zining taqdimotini o‘tkazdi. Qayd etilganidek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025 yil 17 oktyabrdagi 391-sonli buyrug‘iga asosan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar faoliyatini keng ommalashtirish, o‘quvchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish zarur. Shuningdek, ushbu jarayonlarda ota-onalar va keng jamoatchilikni faol jalb etib borish talab etiladi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar targ‘ibot ishlarini tashkil etish, ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchi tanlovlarini o‘tkazish tartibi, hamkorlik mexanizmlari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi. Bu borada ilgari surilgan  takliflardan kelib chiqqan holda amalga oshirish shart bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan ixtisoslashtirilgan ta’lim...
«Davlat xizmatlari sohasini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi. Quyidagilarni nazarda tutuvchi yuridik shaxslarni...